Amerika kinooperatorlar jamiyati (American Society of Cinematographers, ASC) tashkil etilganining 100 yilligi munosabati bilan XX asrning eng yaxshi filmlarini tanladi. Toʻliq roʻyxat jamiyat saytida keltirilgan.
Jamiyat talqiniga koʻra, oʻtgan asrning eng yaxshi filmi sifatida rejissyor Freddi Yang tomonidan 1962 yilda suratga olingan “Arabistonlik Lourens” filmi tan olindi. Mutaxassislarni ushbu film qanday sharoitlarda suratga olingani hayratlantirgan. Jumladan, suratga olish ishlari Iordaniyadagi Jabal at-Tubayk degan joyda olingan. Bu yerda chidab boʻlmas issiq havo turganidan tashqari, eng yaqin suv manbasigacha 240 km yoʻl bosib oʻtish kerak boʻlgan.
Biroq shunday ogʻir sharoitlarga qaramay, suratga olish guruhining professionalligi evaziga 7 ta “Oskar”, 4 ta “Oltin globus” va boshqa koʻplab mukofotlarni olishga muvaffaq boʻlgan film suratga olingan.
Shuningdek, eng yaxshi filmlar roʻyxatining yetakchi oʻntaligiga “Tigʻ ustidan yuguruvchi” (1962 yil), “Bugungi kun qiyomat qoyimi” (1979), “Fuqaro Keyn” (1941), “Choʻqintirgan ota” (1972), “Quturgan buqa” (1980), “Konformist” (1970), “Oʻrim kuni” (1978), “2001 yil: Kosmik odisseya” (1968) va “Fransuz aloqachisi” (1971) filmlari kirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?