11:20 / 23.01.2019
6 737

Amerikalik taniqli prodyuser O‘zbekistonda

Amerikalik taniqli prodyuser O‘zbekistonda
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida rejissyor va mohir prodyuser Daniel Tutt bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Bu yerda amerikalik rejissyor yoshlarning ijod namunalari, ular uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

– Amerikaning “Unity Productions Foundation” nodavlat fondi mamlakatingizdagi ijtimoiy-madaniy muassasalar bilan hamkorlikda islom dini va uning tarixiga oid qisqa metrajli filmni suratga olish niyatida, – deydi Daniel Tutt. – O‘zbekistonga kelishimdan asosiy maqsad mazkur film uchun materiallar to‘plashdir. Institutdagi yoshlarning animatsiya va operatorlikdagi mahorati menda katta taassurot qoldirdi. Ular bilan kelgusida, albatta, birga ishlaymiz, degan umiddaman.

Amerikaning “Unity Productions Foundation” nodavlat fondi suratga olgan kino kartinalar shu kunga qadar ko‘plab xalqaro sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Amerikalik taniqli prodyuser O‘zbekistonda