08:03 / 26.01.2019
7 330

O‘zbekistonlik opera qo‘shiqchisi Ramiz Usmonov Rossiyada yakkaxon konsert beradi

O‘zbekistonlik opera qo‘shiqchisi Ramiz Usmonov Rossiyada yakkaxon konsert beradi
Foto: «Daryo»
26 yanvar kuni Moskva davlat Kreml saroyida an’anaviy tarzda bo‘lib o‘tadigan «Romansiada yulduzlari» xalqaro gala-konsertida O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Ramiz Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ishtirok etadi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar bermoqda.

Dunyoning yigirmadan ziyod mamlakatidan qatnashishi kutilayotgan jahon operasining eng yorqin vakillari musiqiy kechasida Ramiz Usmonov ispaniyalik taniqli bastakor Agustin Laraning «Granada» nomli qo‘shig‘ini ijro etadi.

Shuningdek, xonanda 27 yanvar kuni Moskva shahridagi «Romanschilar uyi» konsert zalida o‘zining «Mening quyoshim» deb nomlangan yakkaxon konsertini opera ixlosmandlari e’tiboriga havola etadi. Mazkur dasturda Ramiz Usmonov jami 16 ta qo‘shiq va ariyalar kuylashi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Ramiz Usmonov 2008 yilda Rossiya Federatsiyasida bo‘lib o‘tgan «Romansiada – 2008» xalqaro tanlovida ikkinchi o‘rinni egallagan. Bundan tashqari, u shu kunga qadar Germaniya, Avstriya, Ozarbayjon. Belorussiya, Qozog‘iston singari mamlakatlarda o‘tkazilgan xalqaro musiqiy tanlov, festivallarda qatnashib, yuqori o‘rinlar va o‘z muxlislarini topishga muvaffaq bo‘lgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekistonlik opera qo‘shiqchisi Ramiz Usmonov Rossiyada yakkaxon konsert beradi