18:53 / 01.02.2019
23 613

Boylikka o‘ch ona hikoyasi “Fazilat xonim va qizlari” serialida

Boylikka o‘ch ona hikoyasi “Fazilat xonim va qizlari” serialida
“Sevimli” telekanali o‘z muxlislarini zeriktirib qo‘ymaslik, yangi seriallar bilan tanishtirish maqsadida turk kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Fazilat xonim va qizlari” serialini “Istanbullik kelin” serialining o‘rniga dushanbadan jumaga qadar efirga uzatadi.

Tomoshabinlarning sevimli serialiga aylangan “Istanbullik kelin” seriali esa shanba dam olish kuni kechqurun efirga uzatiladi.

Onalar har doim farzandlarining baxtli, to‘la-to‘kis hayot kechirishini istashadi. Shu maqsadda ularni o‘z maqsadlariga yetishish yo‘lidagi qurolga aylantirishadi. Fazilat xonim yuqorida aytib o‘tilgan barcha xislatlarni o‘zida jamlagan ayoldir. Qashshoqlikda voyaga yetgan Fazilat xonim qizlarining shohona kun kechirishini istaydi. Shuning uchun ham qizlari bilan ko‘p nizoga boradi. Bundan tashqari, serialda jamiyatning boy va kambag‘al qatlamlari o‘rtasidagi keskin farq, ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi murakkab munosabatlar ham yaxshi ochib berilgan.

Fazilat xonim o‘z manfaati yo‘lida hech narsadan qaytmaydigan ayoldir. U hayotning mazmunini pul va shon-shuhratga ega bo‘lish deb biladi. Shunga qaramay, ikki guldek qizi bor bo‘lgan bu ayol o‘rtamiyona kun kechirishga majbur. U bunday taqdirga rozi emas. Fazilat xonimning qizlari o‘z baxtini topadimi? Hayot quvonchlaridan mosuvo bo‘lgan ayol o‘z maqsadiga erishadimi? Bu savollarga mashhur turk aktyorlari jamoasi yig‘ilgan “Fazilat xonim va qizlari” serialini tomosha qilgach, javob topishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Boylikka o‘ch ona hikoyasi “Fazilat xonim va qizlari” serialida