11:03 / 04.02.2019
11 274

O‘zbekistonliklarning takror-takror tinglaydigan sevimli qo‘shiqlari ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonliklarning takror-takror tinglaydigan sevimli qo‘shiqlari ma’lum bo‘ldi
Foto: Repost
«Yandeks.Musiqa» o‘zbekistonliklar orasida eng ko‘p takroran tinglanadigan musiqiy trekni aniqladi, deb yozadi Daryo.

O‘zbekistonliklar 2018 yilda Jahongir Otajonovning «Qaddi baland» qo‘shig‘ini eng ko‘p takror (repit) eshitgan. Bu haqda «Yandeks.Musiqa» mutaxassislarining 2 fevral, Sug‘ur kuniga bag‘ishlangan hisobotida aytiladi. Repitlar sifatida servis orqali qo‘yilayotgan bitta qo‘shiqning takrorlanishlari hisobga olingan.

Ikkinchi o‘rinda Rauf & Faik ijrosidagi «Detstvo», uchinchi o‘rinda Yegor Krid va Filipp Kirkorovning «Svet nastroyeniya chyorniy» qo‘shiqlari joylashdi.

O‘zbekistonliklar eng ko‘p takror tinglaydigan qo‘shiqlar o‘nligiga Tima Belorusskixning «Mokriye krossi», Dildora Niyozovaning «Tushunmayapsan» va KAZKA’ning «Plakala» taronalari kirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekistonliklarning takror-takror tinglaydigan sevimli qo‘shiqlari ma’lum bo‘ldi