14:36 / 08.02.2019
9 681

"O‘zbekkonsert" direktorining Jahongir Poziljonovning "Selfi" qo‘shig‘iga munosabati...

"O‘zbekkonsert" direktorining Jahongir Poziljonovning "Selfi" qo‘shig‘iga munosabati...
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi rahbari Odil Abduqahhorov jurnalistlar ishtirokidagi matbuot anjumanida so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilingan va ko‘pchilikning noroziligiga sabab bo‘lgan “Bojalar” guruhi solisti Jahongir Poziljonovning “Selfi” qo‘shig‘i haqida fikr bildirdi, deb yozmoqda O‘zA.

“Ushbu qo‘shiq ”Zo‘r“ TV kanali bilan hamkorlikda olingan va keng jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi. Prezidentimiz san’atkorlarning reklamasiga muhtoj emas. Davlatimiz rahbarining amaliy ishlari sabab, butun dunyo tan olmoqda. Biz bugun J.Poziljonovga indamasak, ertaga boshqasi ham shunaqa qo‘shiq aytib chiqishi mumkin. Kimgadir yaxshi ko‘rinishni istayotganlar xalq uchun xizmat qilib, o‘z ishini mas’uliyat bilan qilsin”, - dedi muassasa direktori O.Abduqahhorov.

Shuningdek, muassasa rahbari J.Otajonov ijrosidagi “Qaddi baland-ey” qo‘shig‘iga ishlangan videoklipda ham milliyligimizga mos bo‘lmagan kadrlar borligini aytib o‘tdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » "O‘zbekkonsert" direktorining Jahongir Poziljonovning "Selfi" qo‘shig‘iga munosabati...