06:30 / 09.02.2019
9 281

“Bravo” jamoasining litsenziyasi bekor qilinadimi?

“Bravo” jamoasining litsenziyasi bekor qilinadimi?
Joriy yilning fevral oyi so‘ngida “Bravo” jamoasining litsenziyasini bekor qilish masalasi ko‘rib chiqiladi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi rahbari Odiljon Abduqahhorov matbuot anjumani vaqtida ma’lum qildi, deb xabar beradi Kun.uz nashri.

Odiljon Abduqahhorov

“Bizga ma’lumki, kezi kelganda man-man degan xonandalar konsertiga chiptalar sotilmay qoladi, biroq yoshlar uchun sevimli bo‘lib borayotgan “Million”, “Dizayn”, “Bravo” kabi jamoalarning konsert dasturlarida, o‘n kun bo‘lsa ham, zal tomoshabinlarga to‘la bo‘ladi. Agarda yoshlar u jamoalarga ergashadigan bo‘lsa, biz ulardan jamiyatimizdagi ijtimoiy masalalarni ko‘tarib chiqishda foydalansak bo‘ladi. “Bravo”ning oxirgi konsertida chindan ham oila davrasida ko‘rib bo‘lmaydigan qo‘pol hazillar mavjud. Bizga konsertdan avval ssenariy topshirilganda, u hazillar yo‘q edi. Konsertning birinchi kunida Kengash tomonidan aynan o‘sha hazillarga e’tiroz bildirildi va keyingi kunlarda u hazillar olib tashlandi. Biroq disk aynan birinchi kunda yozib olingan konsert dasturi bilan tarqaldi. Muassasa tomonidan ushbu masala ssenariy buzilish holati deb topildi. Navbatdagi kengashda endi “Bravo” jamoasining faoliyatini yakunlash yoki davom ettirishga ruxsat berish masalasi ko‘rib chiqiladi”, — deya qayd etgan “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Bravo” jamoasining litsenziyasi bekor qilinadimi?