5 621
[img]https://zamin.uz/uploads/posts/2019-02/1549789452_1woc2hg6j-ysrj818mldhkaxppptuedl.jpg[/img] O‘zbekiston delegatsiyasi Berlin xalqaro kinofestivali doirasida bo‘lib o‘tayotgan butunjahon kinosanoati vakillari uchun eng yirik tadbirlardan biri bo
O‘zbekiston delegatsiyasi Berlin xalqaro kinofestivali doirasida bo‘lib o‘tayotgan butunjahon kinosanoati vakillari uchun eng yirik tadbirlardan biri bo‘lgan Yevropa kinobozorida birinchi marta o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etmoqda.
Xalqaro kinofestivalda o‘zbekistonlik tajribali va yosh kino mutaxassislar xorijning nufuzli kinokompaniyalari vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda.
Mazkur muzokaralar Turkiya, Fransiya, Italiya, Ukraina, Ispaniya, Misr va Buyuk Britaniya mamlakatlari vakillari bilan o‘tkazilmoqda.
Ayni paytda kinofestivalda O‘zbekiston milliy kinokomissiyasini Xalqaro kinokomissiyalar assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lish masalasi ko‘rib chiqilyapti. «Scorpion» filmi esa Buyuk Britaniyaning pavilonida sotilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekistonda an’anaviy o‘tkazilayotgan PROlogue kinofestivali taqdimotlari ham davom etmoqda.
Kinofestivalda ishtirok etgan hindistonlik aktyor Rangvir Sinh o‘zbek kinosidan takliflar bo‘lsa, bajonidil qabul qilib, o‘zbek aktyorlari bilan birga rol o‘ynash niyati borligini ta’kidlagan.
Delegatlar jahon kinosanoati vakillari bilan O‘zbekiston ishtirokida qo‘shma kinoloyihalar qilish hamda xorij kinokompaniyalarini yurtimizga filmlar suratga olish uchun taklif etish yuzasidan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishmoqda.
Ma’lumot uchun, ushbu pavilonni tashkillashtirishda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, «O‘zbekkino» Milliy agentligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi hamda O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi yaqindan ko‘maklashdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi