Xonanda Rayhon salbiy izoh qoldiradigan muxlislaridan bezib ketgan shekilli, instagramda ularga qaratilgan murojaat joylashtiribdi. Hozir shu fikrlarni tarjima qilib, e’tiboringizga havola etyapmiz.
– Gohida o‘ylab qolaman, odamlarda buncha salbiy fikr, tajovuzkorlik, nafrat va hasad qayerdan paydo bo‘larkan-a?! O‘tinaman sizdan, hozir hecham yaxshilik ko‘rmayotgan joyingizdan ham ezgulik qidirib ko‘ring! Bergan muvaffaqiyatlari va g‘alabalari uchun Xudoga shukrona aytishni ham unutmang. Ishoning, hayotingiz yaxshi tomonga o‘zgaradi. Faqat qalbingizni ezgulik va muhabbatga ochishingiz kerak. Aytishadi-ku: “Yaxshi niyat-yarim mol”, deb. Yaxshi narsalar haqida o‘ylang. Men sizlarga hech narsani o‘rgatmoqchi emasman. Yo‘q, yo‘q. Men kim bo‘pmanki, kimgadir nimanidir o‘rgatsam… Shunchaki alam qiladi, siz hayotingizni nimaga sarflayapsiz? Bu – shunchaki maslahat! Umid qilamanki, unga quloq solasiz. Sizlarni yaxshi ko‘raman. Hatto menga yomonlik tilasangiz ham. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?