15:36 / 19.02.2019
22 074

Burak O‘zchivit bilan intervyu: boshlovchilikka Alisher Uzoqovdan boshqa odam yo‘qmidi?

Burak O‘zchivit bilan intervyu: boshlovchilikka Alisher Uzoqovdan boshqa odam yo‘qmidi?
Kecha mashhur turk aktyori Burak O‘zchivit bilan uyushtirilgan suhbatni juda ko‘pchilik «Zo’rTV» telekanali orqali tomosha qilgani aniq. Taassurotlar ham turlicha. Ayrimlar (asosan ayollar) Burakning ko‘rkam tashqi ko‘rinishi va turkchada juda shirin gapirishiga maftun bo‘lgan bo‘lsa, ayrimlar esa suhbatni olib borgan Alisher Uzoqovning dimog‘dor ohangi, krossovkasi va ba’zi ahmoqona savollaridan achchiqlanishmoqda.

Masalan, o‘zbek kino rejissyorlari sizni kinoga taklif qilishsa, «skidka» qilib bera olasizmi, qabilidagi savol hammasidan oshib tushdi. Nima, o‘zbek rejissyorlari shu qadar qashshoqmi?!

Yana «Sevgi iztirobi» seriali dublyajidan bir lavha ko‘rsatilishi ham Alisher Uzoqovni o‘z-o‘zini reklama qilish bo‘ldi. Binobarin Burakka ovoz bergan Sanjar Sa’dullayevni olib kelolmagan ekansiz, dublyajdan parcha nega kerak? Aktyorni qiziqtirib qo‘yganingiz qoldi, xolos.

Xullas, ko‘pchilik yurtdoshlarimiz fikricha, Burak bilan suhbatni dilkashroq biror inson olib borishi kerak edi.
Siz nima deysiz?

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Burak O‘zchivit bilan intervyu: boshlovchilikka Alisher Uzoqovdan boshqa odam yo‘qmidi?