14:30 / 25.02.2019
7 240

Davron Kabulov: «Bundan buyon behayo va arzon hazillardan qochamiz»

Davron Kabulov: «Bundan buyon behayo va arzon hazillardan qochamiz»
Davron Kabulov bu haqida o‘zining «Instagram» sahifasida e’lon qildi.
“Katta mamnuniyat va quvonch bilan ma’lum qilamizki, “Million” o‘zi uchun alohida qadrli bo‘lgan aprel oyining dastlabki 10 kunini “Xalqlar do‘stligi” saroyida o‘tkazadi. Bu yilgi konsert sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilish yo‘lida harakat qilayotgan jamoamiz uchun alohida ahamiyatga ega: bundan buyon behayo va arzon hazillardan qochish, jiddiy, dolzarb va qaynoq mavzularga murojaat qilish maqsadimizdir”, deydi Davron Kabulov.

“Bravo”, “Million”, “Dizayn” jamoalari nihoyatda behayo sahna ko‘rinishlari bilan olqishlarga sazovor bo‘lishga urinishlari hech kimga sir emas. Haqiqiy san’at ustasi uchun uyatsiz gaplar uyoqda tursin, aslida turli sahna ko‘rinishlari tayyorlash ham shart emas. Birgina Hojiboy Tojiboyevning san’atiga e’tibor qaratsangiz gapimiz isbotini ko‘rasiz. Bugungi kunda Avaz Ohun ham behayo so‘zlar va qochirma gaplarni aralashtirmay el hurmatiga sazovor bo‘la olayapti.

Demak, Davron Qobulov ham xatosini tushunib yetgan. Navbatdagi konsert dasturini ko‘rgach uning gaplari qanchalar to‘g‘ri yoki aksincha ekanligini bilib olarmiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Davron Kabulov: «Bundan buyon behayo va arzon hazillardan qochamiz»