20:05 / 25.02.2019
5 662

«Oskar-2019»ning barcha g‘oliblari nomi aniq bo‘ldi

«Oskar-2019»ning barcha g‘oliblari nomi aniq bo‘ldi
24 fevral kuni Los-Anjelesdagi «Dolbi» teatrida kino olamidagi eng nufuzli sovrin – AQSh kinoakademiyasining «Oskar» mukofoti taqdirlash marosimi o‘tkazildi. 91-marta o‘tkazilgan nufuzli mukofotning taqdirlash marosimida barcha g‘oliblar nomi aniq bo‘ldi.
Ular quyidagilar:
1. «Eng yaxshi aktrisa» — Oliviya Kolman. «Ma’shuqa» filmi uchun.
2. «Eng yaxshi aktyor» — Rami Malik. «Bogema raspodiyasi» filmi uchun.
3. «Eng yaxshi rejissyor» — Alfonso Kuaron. «Roma» filmi uchun. Uning uchun bu rejissyorlik bo‘yicha ikkinchi «Oskar», avval u «Gravitatsiya» filmi uchun mukofotlangandi.
4. «Eng yaxshi film» — «Yashil kitob». Rejissyor Piter Farelli.
5. «Eng yaxshi qo‘shiq» – «Shallow» — Ledi Gaga «Yulduz tug‘ildi» filmi saundtreki uchun.
6. «Eng yaxshi kompozitorlik ishi» — Lyudvig Yoransson. «Qora Pantera» filmi uchun.
7. «Eng yaxshi badiiy qisqa metrajli film» — «Teri». Gay Nattiv.
8. «Eng yaxshi hujjatli qisqa metrajli film» — «Nuqta. Taklifning yakuni». Rayka Zeztabchi.
9. «Eng yaxshi hujjatli film» — «Yolg‘izlikdagi erkin ko‘tarilish». Elizabet Chai Vasarxeli.
10. «Eng yaxshi operatorlik ishi» — Alfonso Kuaron. «Roma» filmi uchun.
11. «Eng yaxshi xorijiy film» — «Roma». Alfonso Kuaron.
12. «Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa» — Redjina King. «Agar Bil-strit gapira olganida» filmidagi ijrosi uchun.
13. «Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor» — Maxershala Ali. «Yashil kitob» filmidagi ijrosi uchun.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Oskar-2019»ning barcha g‘oliblari nomi aniq bo‘ldi