O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra Samarqand shahrida XII «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalini 2019 yilning 26–30 avgust kunlari o‘tkazish to‘g‘risidagi taklif ma’qullangan.
Festivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita tarkibi tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ikki hafta muddatda Festivalni o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi yuklatilmoqda.
Festival doirasida «Sharq xalqlari an’anaviy musiqa san’atini rivojlantirish istiqbollari» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi, unda xorijlik va mahalliy taniqli musiqashunos olim va mutaxassislar hamda tadqiqotchilarning o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishlari ta’minlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?