12:20 / 12.03.2019
6 804

Oʻzbeklar Rossiya sahnasini maftun etishmoqda: Sayyora ikkinchi bosqichda (video)

Oʻzbeklar Rossiya sahnasini maftun etishmoqda: Sayyora ikkinchi bosqichda (video)
Oʻzbekistonlik Sayyora (Sayyora) Rossiyaning TNT telekanali tomonidan tashkil etilgan “Pesni” teleshousining ikkinchi mavsumida saralash bosqichidan oʻtdi.

Oʻzbekistonlik yosh xonanda oʻzi ijod qilgan “Begu k tebe” qoʻshigʻini ijro etib, barchani oʻziga maftun ayladi.

Haqiqiy ijodkor sifatida Sayyora depressiyani boshdan kechirgan. Uni 12 yil davomida hech narsa yangi qoʻshiq yaratishga ilhomlantirmagan. Sayyora Nyu York metrosidagi musiqachilardan ilhomlangan va endilikda “Pesni” loyihasida oʻz iqtidorini namoyon qilmoqchi.

Eslatib oʻtamiz, TNTning “Pesni” shousi birinchi mavsumida oʻzbekistonlik Oleg Ternovoy (Terry) gʻolib boʻlgan edi. Terry 5 million rubl va Black Star leybli bilan shartnoma imzolashni qoʻlga kiritgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Oʻzbeklar Rossiya sahnasini maftun etishmoqda: Sayyora ikkinchi bosqichda (video)