23:18 / 12.03.2019
7 699

Toʻqqiz yoshli yurtdoshimiz ozarbayjonliklarni lol qoldirdi

Toʻqqiz yoshli yurtdoshimiz ozarbayjonliklarni lol qoldirdi
V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining 3-sinf oʻquvchisi Asilbek Mirzaahmedov Ozarbayjon davlatining Boku shahrida oʻtkazilgan ”Azad Aliyev” nomidagi Skripkachilarning I Xalqaro tanlovida ishtirok etdi.

Mazkur tanlov Boku shahridagi Uzeyr Gadjibeyli nomidagi Boku musiqiy akademiyasida ikki turda oʻtkazildi. Xalqaro tanlov hayʼati aʼzolari orasida Oʻzbekiston Xalq taʼlimi aʼlochisi Maʼsuda Ahmedova ham taklif etildi.

M.Ahmedova tanlov ishtirokchilarining ijro mahoratini professional darajada obyektiv baholagani uchun maxsus ”Hayʼat aʼzoligi Diplomi” bilan taqdirlandi.

Xalqaro tanlovda Rossiya, Ozarbayjon, Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Ukraina kabi davlatdan ishtirokchilar qatnashdi.

Tanlovda vakilimiz Asilbek Mirzaahmedov “I darajali” diplom bilan taqdirlanib, Ozarbayjon kuyini eng chiroyli ijro etgan ishtirokchi sifatida qayd etildi. Bundan 10 oy avval u Italiyaning Barletta shahrida oʻtkazilgan “Citta di Barletta” deb nomlangan yosh musiqachilarning xalqaro tanlovida ishtirok etib Gran Pri sohibi boʻlgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Toʻqqiz yoshli yurtdoshimiz ozarbayjonliklarni lol qoldirdi