16:35 / 15.03.2019
7 218

“Elparvar” tarixiy filmining premyera kuni eʼlon qilindi (foto, video)

“Elparvar” tarixiy filmining premyera kuni eʼlon qilindi (foto, video)
“Oʻzbekkino” MA buyurtmasiga binoan prodyuser Zafar Yoʻldoshev hamda rejissyor Abduvohid Gʻaniyev tomonidan suratga olinayotgan “Elparvar” tarixiy filmining premyera kuni maʼlum boʻldi.

Filmning suratga olish ishlari Buxoro va Xiva shaharlari hamda Toshkent viloyatida boʻlib oʻtgan.
Bosh rollarni yosh aktyor Abdugʻofur Isaxanov hamda aktrisa Feruza Yusupovalar ijro etishgan.

Bundan tashqari Oʻzbekiston xalq artisti Muhammad Rafikov, Shafoat Rahmatullayeva, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Fotih Jalolov, Tohir Saidov, Seydulla Moldaxanov, Lola Eltoyeva, Farhod Abdullayev, aktyorlar Alisher Uzoqov, Jamshid Sagatov, Turgʻun Beknazarov, Anjelika Esimbetova, Azim Yoʻldoshev singari aktyor va aktrisalar filmda turli rollarni ijro etishgan.

Operator Rustam Murodov, ikkinchi rejissyor Dilbar Yusupova, montaj rejissyori Xurshid Alixoʻjayev, montaj rejissyori yordamchisi Tohir Nabiyev, grafika ustasi Lazizxon Gʻaniyev, kartina direktorlari Hotam Hamroyev, Qudrat Shobilolov, ovoz rejissyori Konstantin Filanov, liboslar boʻyicha rassom Nina Dobrina, bastakor Artyom Kim boshchiligidagi “Omnibus” ansambli va boshqalar.

Film premyerasi 19 mart kuni Alisher Navoiy nomli kino saroyida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
“Elparvar” filmni 20 martdan yurtimizning barcha kinoteatrlarida tomosha qilishingiz mumkin.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Elparvar” tarixiy filmining premyera kuni eʼlon qilindi (foto, video)