20:41 / 19.03.2019
5 590

Latofatli Shahzoda Kreml sahnasida kuylaydi

Latofatli Shahzoda Kreml sahnasida kuylaydi
Xonanda Shahzoda 21 mart kuni Kрeml Davlat saroyida BraVo xalqaro professional musiqa mukofotining topshirish marosimida ishtirok etadi. Bu haqda marosim tashkilotchilari maʼlum qildi.

Oʻzbek xonandasi Filipp Kirkorov, Dima Bilan va Tamara Gverdsiteli bilan bir sahnada kuylaydi.

Shuningdek, amerikalik xonandalar Maykl Bolton, Leona Lyuis va Buyuk Britaniya hamda Irlandiya rok-musiqachisi Kris de Burg ishtirokida ajoyib shou tashkil etilishi kutilmoqda.

Musiqa ekspertlari turli nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblarni aniqlaydi, ular orasida Yil xonandasi, Yilning musiqiy videosi va Yil qoʻshigʻi kabilar bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Latofatli Shahzoda Kreml sahnasida kuylaydi