22:46 / 24.03.2019
4 231

Shahzoda Kremlda Filipp Kirkorovdan maxsus sovgʻani qabul qilib oldi

Shahzoda Kremlda Filipp Kirkorovdan maxsus sovgʻani qabul qilib oldi
Ommabop musiqa sohasida oʻtkaziladigan BraVo Xalqaro professional musiqiy mukofot tanlovida ishtirok etayotgan oʻzbekistonlik xonanda Shahzoda Filipp Kirkorovning shaxsan oʻzidan maxsus yutuqni qabul qilib oldi, deb xabar qildi Sputnik nashri.

Rossiya estradasi qiroli musiqiy tanlov joʻgʻrofiyasi kengaygani munosabati bilan, taklif etilgan maxsus mehmon sifatida oʻzbek xonandasiga esdalik haykalchani taqdim etdi.

“Siz Oʻzbekistonning buyuk xonandasisiz”, — dedi Kirkorov, Shahzodaga mukofotni topshirar ekan.

Shahzoda oʻz navbatida tanlov tashabbuskorlariga minnatdorlik bildirdi va bunday eʼtibordan gʻoyatda taʼsirlanganini aytdi. Artist barcha mehmonlarni 21 mart kuni turkiy xalqlar tomonidan keng nishonlanadigan Navroʻz bayrami bilan muborakbod etdi.

Kreml saroyida oʻtkazilgan tantanali kechada Rossiya estradasi yulduzlari, shuningdek chet ellik afsonalar - amerikalik xonanda Maykl Bolton, Buyuk Britaniyadan Leon Lyuis va irlandiyalik rok-musiqachi Kris de Burg chiqish qilishdi.

BraVo tanlovi doirasida musifiy eskpertlar “Yil xonandasi”, “Yil musiqiy videosi” va “Yil taronasi” kabi turli nominatsiyalarda gʻoliblarni aniqlaydilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shahzoda Kremlda Filipp Kirkorovdan maxsus sovgʻani qabul qilib oldi