Foto: Kun.uz
Turkiyalik taniqli aktyor Kaan Urganjioʻgʻli “Baron-2” filmini suratga olish jarayonida qatnashish uchun Oʻzbekistonga keldi.
Kun.uz nashri aktyor bilan uning filmda gavdalantirayotgan obrazi, “Baron-2” loyihasi va Oʻzbekiston-Turkiya oʻrtasidagi munosabatlar toʻgʻrisida suhbatlashdi.
«Rustam xoʻja (aka) oʻz ishini juda yaxshi uddalar ekan. Oʻzbekistonda ham tan olingan, hurmat qilingan rejissyorlardan. Professional yondashuv bor. Sahnalarning haqqoniy va hayotga yaqin chiqishi uchun ssenariyni ham qayta oʻrganib, uni yanada tabiiylashtirishga harakat qiladi. Yaxshi natija chiqishi uchun, menimcha, bu ajoyib usul va menga juda maʼqul.
Oʻzbek aktyorlariga kelsak, ularning bari bir-biridan mahoratli, professional, vazifasini aʼlo darajada uddalashadi. In Shaa Alloh, bu oʻzining natijasini koʻrsatadi, xalqaro hamkorlik kelajakda ham samarali boʻladi degan umiddaman.
Turli madaniyat vakillari bilan ishlash, tajriba almashish men uchun ham tajriba maydoni boʻlib xizmat qiladi», deya oʻzbek kinoijodkorlari toʻgʻrisida oʻz fikrlarini bildirib oʻtgan turkiyalik taniqli aktyor.
Shuningdek, suhbatda Kaan Urganjioʻgʻli Oʻzbekiston tarixiga ham befarq emasligini, kelajakda hamkorlikdagi boshqa kinoloyihalarda ham rol ijro etishi mumkinligini yashirmagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi