20:30 / 01.04.2019
7 043

Klara Jalilova: “Tamaraxonim meni yomon koʻrgan!”

Klara Jalilova: “Tamaraxonim meni yomon koʻrgan!”
Oynai jahon orqali namoyish etilgan “Yonimizdagi afsonalar” koʻrsatuvining bu galgi sonida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist – Klara Jalilovaning mehmon boʻlgani juda yaxshi boʻlibdi. Butun suhbatni oʻqib chiqish davomida ongi-shuurim, butun vujudim yayradi. Anchadan buyon bunday samimiy, dangalchi odamning suhbatidan bahramand boʻlmagandim. Klaraxonimning oʻsha yoshlik davridagi kuy-qoʻshiqlarni yonib, oʻynoqi ohangda ijro etishi, savollarga uzoq oʻylab oʻtirmasdan, chiroyli zarqogʻozga oʻramasdan javob berishlari har bir insonga mayin shabada epkinidek xush yoqadi.

Bu AYOL oʻzini teatrda ishlamagani-yu, uni yanayam mashhur qilib yuboradigan bir roldan turmushga chiqqani uchun osongina voz kechganini ham “Xuddi er qurib qoladigandek, erga tegib olganman-da, bolam” deb yengil hazil aralash izohlab qoʻya qoladi. Uning beqiyos isteʼdodidan foydalanmayotgan, uni kino va koʻrsatuvlarga chaqirmayotganlardan xafa ham boʻlmaydi.

Faqat oʻzi erishgan yutuqlari, sanʼatga chanqoqligini bot-bot taʼkidlaydi. Klaraxonimga juda koʻp mashhur insonlar maftun boʻlganini ham yashirib oʻtirmaydi. Shaxsan men uchun ularni bir vaqtlar “Ikkinchi Tamara xonim” deb atashgani yangilik boʻlib tuyuldi. Yana Tamaraxonim Klara Jalilovani yoqtirmagani ham. Qiziq, shunday begʻubor qizni yoqtirmay boʻladimi?!

Buning sababini aktrisaning oʻzi osongina aytib beradi. Tamaraxonim bu dunyoda oʻzi bitta ekanligini, ikkinchi Tamaraxonim boʻlmasligini bot-bot taʼkidlagan ekan.

Suhbatni koʻrgach, ayrim insonlar hech qachon qarimasligiga amin boʻldim. Ulardagi bolalarcha begʻuborlik umrining oxiriga qadar saqlanib qolishi mumkin ekan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Klara Jalilova: “Tamaraxonim meni yomon koʻrgan!”