21:47 / 02.04.2019
8 187

“Setora” guruhi “Million”ning konsertida toʻliq tarkibda sahnaga chiqdi (foto)

“Setora” guruhi “Million”ning konsertida toʻliq tarkibda sahnaga chiqdi (foto)
Foto: “Daryo”
“Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyida “Million” jamoasining konsert dasturi boshlandi. “Million” jamoasi aprel oyining dastlabki oʻn kunligida sanʼat saroyida mezbonlik qiladi. Jurnalist Feruz Muhammad konsert dasturining ilk kunida mehmon boʻldi.

Konsert dasturida Davron Qobulov “Million” jamoasining konsert dasturida mehmon sanʼatkor sifatida kimni olib kelish haqida uzoq oʻyladik, 1,5—2 yillik muzokaralardan soʻng afsonaviy “Setora” guruhini toʻliq tarkibda sahnaga chiqishga koʻndirdik», — deya “Setora” guruhini sahnaga taklif etdi.

Foto: “Daryo”
Muxlislar tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan kutib olingan “Setora” guruhi oʻzining eng xit taronalarini kuylab dasturga oʻzgacha fayz berdi.

Davron Qobulovning maʼlumotiga qaraganda, “Setora” guruhining aʼzosi Feruza Latipova “Million” jamoasining konserti uchun AQSHdan yetib kelgan.

Foto: “Daryo”
“Setora” guruhi konsert dasturida jami boʻlib ikki bor chiqish qildi. Birinchi chiqishda eng xit qoʻshiqlaridan parchalar kuylangan boʻlsa, ikkinchi chiqish dastur soʻnggida boʻlib, ular xonanda Ravshan Sobirov bilan “Xayr maktabim” qoʻshigʻini kuyladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Setora” guruhi “Million”ning konsertida toʻliq tarkibda sahnaga chiqdi (foto)