Ozodbek Nazarbekov va Jahongir Otajonov bir-birlarini yomon ko‘rishadimi?

  • 04 aprel 2019, 11:50
  • 1 700
  • Madaniyat
  • Ozodbek Nazarbekov va Jahongir Otajonov bir-birlarini yomon ko‘rishadimi?
    Million jamoasi 2018 yilning aprel oyidagi konsert dasturida Jahongir Otajonov hamda Ozodbek Nazarbekov munosabatlari yuzasidan bir hazil chiqish qilgandi. Ya’ni emishki bu ikki san’atkor bir-birlarini ko‘rganda juda quyuq so‘rashishar ekan-u, ich-ichlaridan bir-birlarini ko‘rishga ko‘zlari yo‘q emish. Bu chiqish ko‘pchilik insonlarda ular rostdan ham bir-birlarini yomon ko‘rishar ekan, degan noto‘g‘ri tasavvur uyg‘otib qo‘ydi. Lekin aslida haqiqat qanday? Jurnalist Feruz Muhammad Jahongir Otajonov bilan uyushtirgan suhbati davomida shu mavzuga oydinlik kiritdi. Jahongir Otajonovning mazkur chiqish yuzasidan javobi quyidagicha bo‘ldi:

    – Ko‘rdim, men bu narsani internetda. Avvalo omad tilayman. Xalqimizga, xalqimizning bir qismiga endi ular (“Million” jamoasi)ning ijodi yoqadi. Ba’zi bir hazillari hatto menga ham yoqadi. Chunki haqiqatdan kulishgacha olib boradigan darajada ijod qilishadi.

    Endi… inson sifatida baribir ular meni bilmaydi. Ozodbek Nazarbekovga qiziqishim ham, unga nisbatan hasadim ham yo‘q, ochig‘i. Men gapim uchun qiyomatda javob beraman. U kishiniyam menga nisbatan qalbi qanaqa – buniyam Alloh biladi. Lekin men inson sifatida 2011 yilda “Bugungi kunda O‘zbekistonda hech bir san’atkor jonli ijroda konsert qo‘ya olmaydi”, deb o‘z professional fikrimni bildirganman. O‘zimni kasbimdan kelib chiqqan holda shunaqa fikr bildirganman. Hali hanuzgacha mening musiqiy fikrim bo‘yicha javob berisha olmaydi. Buni kerak bo‘lsa, isbotlab beraman, nuqtalarigacha.

    Endi Ozodbek Nazarbekovniyam hozirgi kunda o‘z ijodini qilishga vaqti yo‘q bo‘lsa kerak. Chunki davlat javobgarligini olgan. Men haqimda o‘ylashga vaqti ham bo‘lmasa kerak. Bu, shunchaki, “Million” jamoasining ijodi. Xalq nimani yaxshi ko‘rishini bilishadi, ular. Shunaqa strategiya qilingan. Lekin men va Ozod akaning bir-birimizga bo‘lgan munosabatimiz… men endi ularning fikrlarini bilmayman, lekin menda bu ichiqoralik yo‘q. Qizig‘i ham yo‘q. U boshqa yo‘nalishdagi san’atkor, men boshqa yo‘nalishdagi san’atkorman!

    Manba: Hordiq.uz

    » » Ozodbek Nazarbekov va Jahongir Otajonov bir-birlarini yomon ko‘rishadimi?