17:17 / 04.04.2019
9 546

Ijodiy faoliyati to‘xtab qolgan ijodiy guruhlar (foto)

Ijodiy faoliyati to‘xtab qolgan ijodiy guruhlar (foto)
Bolaligimizdan "Setora", "Bolalar","Bojalar" kabi estrada guruhlarining qo‘shiqlarini sevib tinglab kelamiz. Qani edi ular toki biz keksaygunimizga qadar birga bo‘lishsa, birga ijod qilishsa. Afsuski, qandaydir sabablar tufayli ham ularning ijodiy faoliyati to‘xtab qolmoqda. Hammasining ham emas! Ba’zibir sevimli guruhlarimiz tarqalib ketishmoqda. Albatta, bu ularning xohish-istaklari. Keling, ijodida uzilish bo‘layotgan, umuman ijod qilmay qo‘ygan hamda ijodiy guruhdan chiqib ketgan ayrim xonandalarimiz haqida gaplashsak!

Adashmasam, 1990 yillar oxirida ijodini boshlagan "Setora" guruhi anchagina muxlislar yig‘ishga ulgurgan edi. Hozirgacha ularning sodiq muxlislari talaygina. Yaqinda "Million" jamoasining konsert dasturida ular yana bir marta afsonaviy "Setora" bo‘lib chiqish qilishdi. Bu albatta, "Setora" guruhining ashaddiy muxlislarini ancha quvontirdi. "Setora" guruhi qizlari bir orada "Setanho" nomi bilan ijod qilishdi. Qanday nom ostida ijod qilishmasin baribir ular muxlislar uchun "SETORA"!!!

Toshkentdagi musiqiy maktabda bolaligidanoq birga o‘qib katta bo‘lgan Feruza Latipova, Komila Xo‘jayeva va Laylo Galiyeva "Setora" guruhining ilk tarkibi edilar. Guruh nafaqat O‘zbekistonda, balki Qozog‘iston, Rossiya, Britaniya va boshqa xorij mamlakatlarida konsertlar bergan.

"Pistani qandoq chaqarlar" deya pista chaqishni o‘rgatgan "Mango" guruhi ijod qilishda sust. Nimaga ijodda uzilishlar bo‘layotganini bilishni xohlasangiz ular bilan albatta suhbat qilib, bilib olamiz. Shunday bo‘lsa-da, guruhni sog‘inganlarga ularning arxiv fotolaridan namunalar keltiramiz. Axir "Mango" mana shu yigitlar bilan "Mango"da!!!

Xo‘sh, navbat "Shahrizoda" guruhiga ham yetib keldi. Bu guruhning qizlari hozir nima bilan band, ijod qilishyaptimi o‘zi, bu haqda ma’lumotga ega emasmiz. Lekin ular ham o‘zbek estradasida qisqa vaqt bo‘lsa-da ijod qilishganini bir eslaylik!!! Mana o‘sha sochlari uzuun qizlar...



Mahmud Namozovni "Surxon" guruhisiz tasavvur qilish qiyin edi. Mana hozir ularning yakkaxon chiqishiga ham ko‘nikib qoldik.


Va nihoyat "Ummon". "Ummon" guruhi yigitlari ummon qadar cheksiz ijod qilishlari kerak edi. Bu nom hayotda ularni birlashtirdi, sinadi, omad olib keldi va AYIRDI!!! "Ummon" guruhining muxlislari kutmagan voqea bo‘ldi, albatta! Hali bu voqeani "hazm qilib" ulgurmagan bo‘lsangizda, sizlar uchun eski tarkibning ajoyib fotojamlanmasini havola etamiz!


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ijodiy faoliyati to‘xtab qolgan ijodiy guruhlar (foto)