Davron Kabulov: “Bravo jamoasiga omad tilamayman"

  • 06 aprel 2019, 11:15
  • 1 584
  • Madaniyat
  • Davron Kabulov: “Bravo jamoasiga omad tilamayman"
    Yaqinda bir saytda “Bravo” jamoasining litsenziyasi olib qo‘yilishida Davron Kabulovning qo‘li bor” degan narsani o‘qib qoldim. (Kulib) Qo‘lini qayerga cho‘zsa, o‘sha yerga yetadi deb o‘ylashadi, shekilli!? Avvalosi kimgadir yomonlik qilish fikridan asrasin. Agarda kimgadir yomonlik qilish niyatim bo‘lganda, jamoani tark etgan har bir a’zosi bilan shartnomamiz bor edi, yuristlar bilan kurashardik. Meni yomonlik qilish niyatim yo‘q, qonuniy huquqni talab qilgan taqdirimda ham odamlarning “o‘zi bilan birga ko‘tarilgan bolalarning orqasidan ish qilib yuribdi” degan gapi kerak emas. Odam bitta ulovda siz bilan yo‘lga chiqdimi, ertaga siz bilan tushib qolganidan hozir tushib qolgani ma’qul. Oxirgi manzilgacha siz ishonchli odamlar bilan borsangiz yaxshi.

    “Bravo” jamoasining konsertini ko‘rdim. Faqat oxirigacha emas. U yerdagi har bir ishtirokchining nimaga qodir ekanligini yaxshi bilaman. Bu konsertdan o‘zim uchun hech narsa olmadim, amerika ochmadim yoki velosiped ixtiro qilmadim. Tasavvurimdagi konsert bo‘libdi. Jamoa a’zolariga yomonligim yo‘q. Masalan, Umid akam bilan hayotda aka-ukadekmiz. Ahmad bilan salom-aligimiz bor. Ularning hech biriga yomonlik tilamayman. Lekin bir narsani tushunish kerak, bo‘lib o‘tgan voqealardan keyin men “Bravo” jamoasiga omad ham tilamayman. Yomonligim ham yo‘q, yaxshiligim ham yo‘q. “Neytral”man. Boshida asabiylashdim, siqildim. Keyin o‘ylab qarasam, bunday holat har bir sohada uchraydi.

    » » Davron Kabulov: “Bravo jamoasiga omad tilamayman"