Davron Kabulov: “Million” shapka evaziga bilet sotmagan

  • 06 aprel 2019, 13:05
  • 911
  • Madaniyat
  • Davron Kabulov: “Million” shapka evaziga bilet sotmagan
    Agarda 200 minglik biletni 300 ming qilib “biletchi”larga beradigan bo‘lsak, undan ko‘ra 300 mingdan kassada sotganimiz yaxshi-ku! Shu paytgacha “Million” shapka evaziga bilet sotmagan. “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida 4 mingta joy bor. Taxminan 3900 tasi bizgacha yetib keladi. 3900 ta joydan 1100 tasi minus, chunki bu balkondagi joylar. 2800 kishilik joy qoldi. Shundan atigi 800 tasi hamma muxlislar o‘tirishni xohlaydigan joylar. Qolgan 2 mingtasi yon tomondagi va orqa qatordagi joylar. Mana shu 800 ta joydan biz Toshkent shahar IIBB, DXX, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi kabi hamkor tashkilotlarga ma’lum bir kvotani ajratib berishimiz kerak.

    Bundan tashqari, homiylarimiz, OAV xodimlari bor. Ularga ham bilet berganimizdan keyin, 500 ta bilet qoladi. Bu biletlarni bir soat ichida “talab” ketishadi. Qanday qilib? “Biletchi”lar bu biletlardan xabar topgach, 50 ta studentni turnaqator qilib kassaning oldiga terib qo‘yadi. Bu talabalar uchun daromad manbai. Bir kishiga 6 tadan ortiq bilet sotilmaydi. Bu 50 ta student 6 tadan bilet olsa, 300 ta bilet sotilib ketadi. 3-4 soatdan keyin kelgan xaridorga kassadagilar markazda joy qolmaganini, chetlarda joy borligini aytadi. Xaridor bu joyga rozi bo‘lmaydi. Ko‘chaga chiqib kassada bilet yo‘q ekan, degan gap tarqatadi. Vaholanki, kassada bilet bor, ammo u o‘tirishni xohlagan joydan yo‘q bo‘ladi. Bu narsani birma-bir tushuntirish kerak.

    » » Davron Kabulov: “Million” shapka evaziga bilet sotmagan