12:40 / 11.04.2019
6 739

Shahzoda va Muqaddas qanday tanishishgan? (video)

Shahzoda va Muqaddas qanday tanishishgan? (video)
Aktrisalar Muqaddas Sa’dullayeva va Shahzoda Muhammedova «MTV Show» ko‘rsatuvida qanday uchrashib qolishganini gapirib berishdi.

Shahzoda Muhammedova: - Bundan 8 yil avval "Poyqadam" filmida Muqaddasning onalari Gulchehra opa mening buvijonim rolini o‘ynaganlar. O‘sha paytlar s’yomka jarayonlariga Muqaddasni olib kelardilar. O‘shanda Gulchehra opa "Shahzodaxon bu mening qizim. Ismi Muqaddas. Aktrisalikka juda ham qiziqadi. Lekin biz uni aktrisa qilmadik. Muqaddas hozir psixologiya yo‘nalishida o‘qiydi" deb bizni tanishtirgan edilar. Shunda men "Shunaqa chiroyli qizingiz bormi? Nega aktrisa qilmadingiz" deb savol berganman. Gulchehra opa "Yo‘q Muqaddasning aktrisa bo‘lishini xohlamaymiz. Bitta oilaga Lutfulla akangiz bilan men yetamiz. Sizlar o‘rtoq bo‘linglar" degandilar. Shundan keyin biz dugona bo‘lib ketdik.
Muqaddas Sa’dullayeva: - Shahzodaga juda havas qilardim. Aktrisalikka qiziqardim. Lekin o‘zimning aktrisa bo‘lib ketishim xayolimga kelmagan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shahzoda va Muqaddas qanday tanishishgan? (video)