20:36 / 11.04.2019
5 126

Baxshichilik festivali bosh sovrini 7000 dollar kimga nasib etdi?

Baxshichilik festivali bosh sovrini 7000 dollar kimga nasib etdi?
Foto: «Xabar.uz»
Kecha Termiz shahridagi I Xalqaro baxshichilik festivali yakunlari bo‘lib o‘tgani va g‘oliblar taqdirlangani haqida xabar berilgan edi. Quyida g‘olib bo‘lgan baxshi-shoirlar, oqin va jirovlar, folklor jamoalarining xalqaro ko‘rik-tanlovi g‘oliblari bilan tanishib olishingiz mumkin.

Turli nominatsiyalar bo‘yicha tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari, maxsus diplom va har biri 500 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan:
«Baxshichilik san’ati festivalining eng yosh ishtirokchisi»: Kamarul Baixaqi Bin Kamarul Baisax, Malayziya;
«Baxshichilik san’ati festivalining yoshi ulug‘ ishtirokchisi»: Otaxon Matyakubov, O‘zbekiston;
«Mehr-oqibatni tarannum etgani uchun»: Azizbeg Ziyoyev, Tojikiston;
«Baxshichilik san’ati jonkuyari»: Shoberdi Boltayev, O‘zbekiston;
«An’analarga sodiq baxshi»: Qalandar Normatov, O‘zbekiston;
«Qadriyatlar davomchisi»: Shervan Arna Juma, Afg‘oniston;
«Ajdodlarning unitilayotgan urf-odatlarini tarannum etgani uchun»: Avermed Baldandorj, Mongoliya;
«Baxshichilik san’ati orqali do‘stlik rishtalarini tarannum etgani uchun»: Zoran Samardzich, Serbiya;
«Xalqlarning qadimiy meros targ‘ibotchisi»: Salix Ibragim Bukovyan, Shaban Musa Kosin, Bolgariya;
«Muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan eng yaxshi ishtirokchi»: Ali riza Sulaymoni, Xamid Sulaymoni, Eron;
«Hay’at a’zolarining mehrini qozongan ishtirokchi» Asilbek Maratov, Qirg‘iziston;
«Baxshichilik san’ati festivalining eng yaxshi targ‘ibotchisi»: «O‘zbekiston-24», «Xabar.uz», O‘zbekiston;

Festivalning uchinchi darajali diplomi, statuetka va har biri 2500 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotlari bilan:
3-o‘rin: Gulnara Allambergenova, O‘zbekiston (Qoraqalpog‘iston);
3-o‘rin: «Hanmyra Art» guruhi, Koreya;

Festivalning ikkinchi darajali diplomi, statuetka va har biri 3500 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotlari bilan:
2-o‘rin: Ilgam Baybuldinov, Rossiya;
2-o‘rin: «Oshiqlar» dueti, Ozarbayjon;

Festivalning birinchi darajali diplomi, statuetka va har biri 5000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotlari bilan:
1-o‘rin: Abdunazar Poyonov, O‘zbekiston;
1-o‘rin: Kervan Yovbasarov, Turkmaniston;

Festivalning bosh sovrini – Gran-pri hamda 7000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan:
Uljan Baybusinova, Qozog‘iston.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Baxshichilik festivali bosh sovrini 7000 dollar kimga nasib etdi?