00:22 / 13.04.2019
3 687

Turkiya o‘zbekistonlik jurnalistlar va fotorassomlar nigohida

Turkiya o‘zbekistonlik jurnalistlar va fotorassomlar nigohida
Bugun Toshkent Fotosuratlar uyida Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati tomonidan “Turkiya o‘zbekistonlik jurnalist va fotorassomlar nigohida” mavzuida fotoko‘rgazma ochildi.

Fotoko‘rgazmani o‘tkazishdan asosiy maqsad — xalqimizni turk madaniyati, urf-odatlari, marosimlari va me’morchilik an’analari bilan yaqinroq tanishtirish va davlatlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni kuchaytirishdan iborat.

Turkiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi o‘tgan ikki yil mobaynida 30 ga yaqin o‘zbek jurnalistlarining Turkiyada tashkil qilingan turli tadbirlarda ishtirok etishlariga ko‘maklashdi. Ijodkorlar Turkiyaning shahar va qishloqlarida bo‘lib, turk xalqining yashash tarzi, tabiati, me’morchiligi haqida bir-biridan qiziqarli fotosuratlarni muhrlashdi. Ko‘rgazma uchun ular tomonidan 500 ga yaqin surat taqdim qilinib, saralash jarayonida jurnalist nigohi qaratilgan ob’ektning dolzarbligi, mavzuning ahamiyati va asarning texnik sifatiga e’tibor berildi.

Tursunali Qo‘ziyev, Farhod Qurbonboyev, Husniddin Ato, Abduvali Saybnazarov, Anora Sodiqova, Baxtiyor Nasimov, Davronbek Tojialiyev, Elmurod Ermatov, Hojimurod Otaqulov, Hotam Mamadaliyev, Muhammad Ismoil, Muhammadjon G‘aniyev, Sharofiddin To‘laganov, Shavkat Ortiqov, Sherali Avezmatov, To‘lqin Eshbek kabi o‘z kasbining mohir ustalari bo‘lgan jurnalistlarning asarlari o‘zbekistonlik fotosurat ishqibozlarini befarq qoldirmaydi.

Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, ko‘rgazmaga qo‘yilgan fotosuratlar ikki davlat o‘rtasida tobora mustahkamlanib borayotgan madaniy-ma’rifiy aloqalarning amaliy natijasi hisoblanadi.

“Turkiya o‘zbekistonlik jurnalist va fotorassomlar nigohida” fotoko‘rgazmasi shu yilning 14 apreliga qadar davom etadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Turkiya o‘zbekistonlik jurnalistlar va fotorassomlar nigohida