12:30 / 24.04.2019
16 503

Alisher Botirov: “Xalq meni “Million”ning orqasidan tanidi”.

Alisher Botirov: “Xalq meni “Million”ning orqasidan tanidi”.
“Million” jamoasining aʼzosi Alisher Botirov Youtubedagi “intervyuTV” kanali uchun eksklyuziv intervyu berdi.
"Biz aslida oldingi jamoadagi yigitlar bilan 90 foiz boʻlinib boʻlgan edik. Umid, Mirkomil, Davron va men bir kafeda oʻtirib, “shunaqa vaziyat nima qilamiz, hammaning oʻz fikri, ongi va zaboni bor. Bolalar gapirsin” deb Davron gapirdi. Oʻshanda men ham oʻzimning fikrimni aytganman. Davronga: “Davron, qaysi yoʻl toʻgʻri ekanligini bilmayman, lekin xalq meni “Million”ning orqasidan tanidi. Men “Million”degan qayiqda suza boshladim. Men bu qayiqdan sakrab qolmoqchi emasman, choʻkib ham ketmoqchi emasman. Qayergacha yetsam-yetmasam, “Million”qayigʻida suzib ketaveramiz” deb javob berganman. Ishonasizmi, koʻzimga yosh kelgan. Hatto tayyorgarlik jarayonida ham oʻzimizga kela olmaganmiz. 60-70% odam “Million” oʻldi degan fikrlarni bildirishgan. Konsertning birinchi kuni juda ogʻir boʻlgan, qiynalganmiz. Yonimizga qaraymiz sheriklarimiz boshqalar. 3-4 kundan koʻnika boshlaganmiz. Qarasak, nimagadir erishsa boʻlar ekan. “Bravo” jamoasi bilan munosabatlarim yaxshi. Menda hech qanaqa muammo yoʻq. Hammasi bilan yaxshi munosabatdaman. Avval qanday boʻlsam, shundayman. Ularning konsertida Mirkomil bilan mehmon boʻldik. Lekin “Bravo” jamoasi bizning konsertimizga kelishmaganiga xafa boʻldim."

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Alisher Botirov: “Xalq meni “Million”ning orqasidan tanidi”.