14:59 / 03.10.2019
22 505

Xonzoda: "Durdona Kurbanovaga omad keldi, meni esa..." (video)

Xonzoda: "Durdona Kurbanovaga omad keldi, meni esa..." (video)
Xabaringiz bor o‘zbek seriallari orqali barchamizga tanish bo‘lgan yosh va ko‘p qirrali ijodkor, aktrisa Xonzoda "Zamin mehmonxonasi"ning aziz mehmoni bo‘lgan edi. Saytimizning sevimli va doimiy o‘quvchilari uchun mehmonimiz bilan ajoyib suhbat uyushtirdik. Quyida Xonzoda bilan uyushtirilgan qiziqarli suhbatning tizerini Sizlarning e’tiboringizga havola qilamiz.

Suhbat davomida Xonzoda "Bizani o‘zbek xalq chetni kinosini yotib olib ko‘rishadi-de", "Endi manam xunukmasman demayman", "Endi mana betta dollarni ko‘rsatib turgandan keyin...", "Eshakni montaj qilib ot qilsa bo‘ladi", "Bilsang bilarsan kim olib chiqdi..." kabi so‘zlari orqali juda ko‘p qiyinchiliklarga duch kelganligi, 5-6 yildan buyon san’at sohasida yurgan bo‘lishiga qaramay o‘ynash uchun rollar berishmagani, san’at sohasiga kirganidan afsuslanishi, Oliy o‘quv yurtiga qanday qilib kirganligi haqida gapirdi.

Shuningdek, o‘zini reklama qilmasligi, tabiiy figuraga ega ekanligi, tug‘ma chiroyli ekanligi, qanday erkaklarni yomon ko‘rishi, qaysi aktrisalarni yaxshi ko‘rishi, aktrisa Durdona Kurbanovaga omad tez kelganligi, shuning natijasida u juda tez mashhur bo‘lib ketganligi, o‘zining oti esa keyin chopishi, fundamenti Durdona Kurbanovanikidan ancha mustahkam ekanligi va shunga o‘xshash juda qiziqarli fikr mulohazalarni bildirdi.

Ertaga ushbu qiziqarli suhbatni Siz azizlarning e’tiboringizga to‘liq holatda havola qilishdan mamnunmiz. Saytimizni kuzatib boring va birinchilardan bo‘lib mazkur suhbatdan bahramand bo‘ling.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xonzoda: "Durdona Kurbanovaga omad keldi, meni esa..." (video)