11:20 / 16.05.2019
3 470

Endi dunyodagi barcha prodyuserlar O‘zbekiston kinolokatsiyalari haqida o‘qishi mumkin

Endi dunyodagi barcha prodyuserlar O‘zbekiston kinolokatsiyalari haqida o‘qishi mumkin
Dunyo kinosanoati sohasidagi nufuzli nashr - World of Locations jurnali O‘zbekistondagi kinolokatsiyalar, bu mamlakatda film suratga olish imkoniyatlari haqida maqola e’lon qildi.

26 ming nusxada chop etiladigan ushbu ixtisoslashgan nashr Berlin, Kann, Gong Kong, London hamda dunyoning turli shaharlarida bo‘lib o‘tadigan kinobozorlar va yirik tadbirlarda bir yil davomida tarqatiladi.

World of Locations kinofilmlar yaratishni tashkil qilish, suratga olish uchun lokatsiyalar haqida ma’lumot beradi va uni butun dunyodagi prodyuserlar o‘z loyihalarini amalga oshirish va hamkorlar topish uchun o‘qiydi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi ko‘magida jurnal tahririyati bilan muzokaralar olib borib, mazkur maqolani chop etilishiga erishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Endi dunyodagi barcha prodyuserlar O‘zbekiston kinolokatsiyalari haqida o‘qishi mumkin