Buxoroda xalqaro «Ipak va ziravorlar» festivali bo‘lib o‘tadi

  • 24 may 2019, 19:44
  • 811
  • Madaniyat
  • Buxoroda xalqaro «Ipak va ziravorlar» festivali bo‘lib o‘tadi
    Buxoroda joriy yilning 25-26 may kunlari XVIII-an’anaviy Xalqaro Ipak va ziravorlar» festivali o‘tkazilishi munosabati bilan bugun tong sahardan ko‘hna zaminga turli xorij davlatlaridan mehmonlar tashrifi kuzatilmoqda.

    Bugun Rossiya Federatsiyasining Ryazan va Komi shaharlaridan, uningdek, Hindiston, Germaniya va Singapur kabi qator davlatlardan tashrif buyurgan madaniyat va san’at arboblari, xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillari, rasmiy tur-operatorlar tantanali kutib olindi.

    - Buxoroyi sharifning ko‘p asrlik madaniy meros ob’ektlari mujassam betakror va boqiy eski shahar manzilida Buxoro viloyat hokimligi, Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, «Hunarmand» ijodiy uyushmasi va qator nodavlat-notijorat tashkilotlari tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan keng qamrovli an’anaviy loyiha mehmonlarini kutib olayapmiz.
    Ma’lumki, mamlakat iqtisodiyoti ulkan bir mexanizm bo‘lsa, bu mashinaning to‘xtovsiz harakatini va kelajak istiqbolini belgilovchi asosiy g‘ildiraklardan biri bu turizmdir.

    Festival davomida mehmonlar palov sayllari, milliy o‘yinlar va milliy liboslar namoyishlari, hunarmandlarning mahorat darslari va badiiy jamoalarning qadriyatlarimiz targ‘ibotiga bag‘ishlangan badiiy chiqishlaridan bahramand bo‘lish qatorida Buxoroning turistik imkoniyatlari bilan tanishishadi, - dedi Buxoro viloyat Turizmni rivojlantirish departamenti rahbari Furqat Xo‘jayev,- «Ark» qo‘rg‘onidan «Labi Hovuz» majmuasigacha bo‘lgan nihoyatda keng va betakror manzilda festivalning 30 dan ortiq loyihalari taqdim etiladi.

    Mehmonlar Peshko‘ tumani Afshona qishlog‘idagi «Abu Ali ibn Sino»nomli davlat muzeyida bo‘lishdi. Shuningdek, Buxoro shahrining ilm-ma’rifat, savdo-sotiq, tijorat va hunarmandchilik markazi sifatida dovrug‘ qozonib kelgan qadim obidalari va yodgorliklarini ziyorat qilishdi.

    Mehmonlar tashrifi davom etmoqda. Yaponiya, Quvayt, Fransiya, Xitoy, Bolgariya, Avstriya va boshqa qator 50 dan ortiq davlatlardan mehmonlar tashrifi kutilmoqda. Mehmonlar Buxoro shahrida mavjud 220 dan ortiq dunyo standartlariga mos mehmonxonalarda joylashtiriladi.

    Фикрлар

    » » Buxoroda xalqaro «Ipak va ziravorlar» festivali bo‘lib o‘tadi