06:35 / 25.05.2019
4 412

Munojot Yo‘lchiyeva Munisa Rizayevani bajonidil shogirdlikka olishini aytdi

Munojot Yo‘lchiyeva Munisa Rizayevani bajonidil shogirdlikka olishini aytdi
Foto: «Daryo»
O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Munojot Yo‘lchiyeva «Daryo» muxbiri Mirolim Isajonov uyushtirgan suhbatda xonanda Munisa Rizayeva bir nechta intervyularida kun kelib unga shogird tushishi va maqom sirlarini o‘rganish niyati borligini aytgani yuzasidan o‘z fikrini bildirdi.

U «Fursati yetib, oldingizga kelsa, ustozlik qilishingiz mumkinmi?», — degan savolga quyidagicha javob berdi:

— (samimiy kuladi) Munisaxon 6-sinfda o‘qiyotgan davrida onalari oldimga olib kelgan. Buni uning o‘zi ham yaxshi eslaydi. Volidasi bilan yaqin dugonamiz. O‘shanda Munisaxonning ovozini eshitib ko‘rganman va «Dugona, qizingizda o‘ziga xos ovoz mavjud. Ammo ko‘proq yevropacha yo‘nalishidagi ijroga moyilligi bor ekan», — deya fikr bildirganman. «Mayli, unda sal kattaroq bo‘lsin, o‘zingizga shogirdlikka beramiz», — degandi.

Ushbu suhbatimizdan keyin Munisaxon Angliyaga jo‘nab ketdi va u yerdagi maktab, kollej hamda oliy ta’lim dargohlarida o‘qidi. Yurtimizga qaytgach, Yevropada olgan bilimlari, izlanishi va tinimsiz harakati orqali ijodini rivojlantirib, hamon tinmay mehnat qilyapti. Uning o‘zi ham bir-ikki marta maqomni o‘rganmoqchi ekanligini aytgan.

Lekin tadbirlar, ijodiy jarayonlar bilan vaqti tig‘izligi bois hali oldimga kelgani yo‘q. Fursati yetganida yonimga kelsa, ko‘ksidan itarmay, unga mumtoz qo‘shiqlar va maqom sirlaridan saboq berib, yordam qo‘lini cho‘zishga bajonidil harakat qilaman. Insonda xohish va intilish bo‘lsa, har narsaning uddasidan chiqishi shubhasiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Munojot Yo‘lchiyeva Munisa Rizayevani bajonidil shogirdlikka olishini aytdi