21:00 / 25.06.2019
14 984

O‘zbek aktyori Tal’atbek Yo‘ldoshev uylandi (foto)

O‘zbek aktyori Tal’atbek Yo‘ldoshev uylandi (foto)
Foto: «Myday.uz»
Yosh, iqtidorli o‘zbek aktyori Tal’atbek Yo‘ldoshevning nikoh oqshomi u tug‘ilib, o‘sgan Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tdi.Bu haqda «Myday.uz» xabar berdi.

23 iyun kuni Farg‘ona shahrida joylashgan «Davr saroyi» koshonasida aktyor Tal’atbek Yo‘ldoshev va Dilnozaxonlarning visol oqshomi bo‘lib o‘tdi. Ikki yoshni tabriklash uchun aktyorning hamkasblari ham tashrif buyurdi.

Foto: «Myday.uz»
Aktyor ko‘plab videokliplar hamda «Muhabbat va nafrat», «Singlim», «Jonim dadam», «Qaysarginam», «Qaysarginam 2» kabi bir qator filmlardagi rollari orqali minglab muxlislar qalbidan joy olgan.

25 iyun kuni poytaxtdagi «Oqshom» restoranida Tal’atbek va Dilnozaxonlarning toshkentlik do‘st-u birodarlari uchun tantanali nikoh bazmi bo‘lib o‘tadi.




Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbek aktyori Tal’atbek Yo‘ldoshev uylandi (foto)