Nargiza Abdullayeva s’yomka jarayoniga kech keladigan va «shpaklyovkali» aktrisalarni tanqid qildi

  • 02 iyul 2019, 15:00
  • 2 426
  • Madaniyat
  • Nargiza Abdullayeva s’yomka jarayoniga kech keladigan va «shpaklyovkali» aktrisalarni tanqid qildi
    Foto: Instagram / @abdullayeva_nargiza_aktrisa
    Aktrisa Nargiza Abdullayeva «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
    Suhbat davomida aktrisa ba’zi bir aktrisalarning xulqi va o‘zini tutishiga to‘xtalib o‘tdi.
    S’yomka jarayonlariga kech keladigan aktrisalarni yomon ko‘raman. Ayniqsa ularning yuzidagi 26 kilogrammlik ‘shpaklyovka’sini ko‘rib g‘ashim keladi. Ming bor uzr! Meni gapirishga haqqim yo‘q! To‘g‘ri, men ‘krasavitsa’ yoki ‘zvezda’ aktrisa emasman. Shuning uchun ham bu narsalar haqida gapirishga haqqim yo‘qdir.

    Ba’zan ayrim rejissyorlarimizning kech keladigan, hech qanday hurmatga loyiq bo‘lmagan aktrisalarimizga ‘padxot’ qilishiga qoyil qolaman. Buni nima deb o‘ylash mumkin. Yoki katta pul berilgan, yoki o‘zlarining tanish-bilishchiliklari bor. Hattoki, o‘sha aktrisa s’yomka maydoniga kelganidan keyin kech qolgani uchun kechirim so‘rashni bilmaydi. Agarda men kech qoladigan bo‘lsam, avvaldan ogohlantirib qo‘yaman.

    Nargiza Abdullayeva, aktrisa

    » » Nargiza Abdullayeva s’yomka jarayoniga kech keladigan va «shpaklyovkali» aktrisalarni tanqid qildi