Alisher Botirov: «Ko‘zimga yosh kelgan, ‘Million’ o‘ldi deganlar bo‘lgan»

  • 15 iyul 2019, 23:57
  • 2 142
  • Madaniyat
  • Alisher Botirov: «Ko‘zimga yosh kelgan, ‘Million’ o‘ldi deganlar bo‘lgan»
    Foto: «Daryo»
    «Million» jamoasining a’zosi Alisher Botirov «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuda Alisher Botirov «Million» jamoasi ikkiga bo‘linganidagi holati haqida gapirib berdi.
    Biz o‘zi 90 foiz bo‘linib bo‘lgan edik. Umid, Mirkomil, Davron va men bir kafeda o‘tirib, ‘shunaqa vaziyat, nima qilamiz, hammaning o‘z fikri, ongi va zaboni bor. Bolalar gapirsin’ deb Davron gapirdi. O‘shanda men ham o‘zimning fikrimni aytganman. ‘Davron, qaysi yo‘l to‘g‘ri ekanligini bilmayman, lekin xalq meni ‘Million’ning orqasidan tanidi. Men ‘Million’ degan qayiqda suza boshladim. Men bu qayiqdan sakrab qolmoqchi emasman, cho‘kib ham ketmoqchi emasman. Qayergacha yetsam-yetmasam, ‘Million’ qayig‘ida suzib ketaveramiz’ deb javob berganman.

    Ishonasizmi, ko‘zimga yosh kelgan. Hatto tayyorgarlik jarayonida ham o‘zimizga kela olmaganmiz. 60-70% odam ‘Million’ o‘ldi degan fikrlarni bildirishgan. Konsertning birinchi kuni juda og‘ir bo‘lgan, qiynalganmiz. Yonimizga qaraymiz — sheriklarimiz boshqalar. Uchinchi, to‘rtinchi kundan ko‘nika boshlaganmiz.

    ‘Bravo’ jamoasi bilan munosabatlarim yaxshi. Menda hech qanaqa muammo yo‘q. Hammasi bilan yaxshi munosabatdaman. Avval qanday bo‘lsam, shundayman. Adashmasam besh kun avval Otabek bilan gaplashdim. Ularning konsertida Mirkomil bilan mehmon ham bo‘ldik.
    Alisher Botirov, «Million» jamoasi a’zosi

    » » Alisher Botirov: «Ko‘zimga yosh kelgan, ‘Million’ o‘ldi deganlar bo‘lgan»