13:53 / 03.08.2019
5 438

Samarqandda yana bir «Go‘ri Amir» borligini bilasizmi? (foto)

Samarqandda yana bir «Go‘ri Amir» borligini bilasizmi? (foto)
Foto: Zarnews
Samarqanddagi Amir Temur maqbarasi ortida joylashgan Oqsaroy kamida Amir Temurning o‘g‘illaridan biri yoki uning qatorida turadigan ulug‘ odam, sarkarda uchun qurilgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda, deb xabar beradi Zarnews.

«Mazkur tarixiy bino haqida hali ko‘pchilik bilmaydi. O‘zim ham ilk bora yaqinda, Namangandan kelgan mehmonlarimni olib borganda kirdim», — deb yozadi Karimberdi To‘ramurod.

Oqsaroyning tuzilishi Amir Temur maqbarasiga o‘xshash, ya’ni birinchi qavatda ziyoratxona, asosiy qabrlar esa pastda, yerto‘lada. U yerga ham xuddi Amir Temur maqbarasidagidek, aylanma zinalardan tushiladi. Bu yerda ham keyinchalik pastga tushish uchun zinali yo‘lak qilingan. Pastdagi harorat doimo mo‘’tadil va harorat 45 darajadan yuqori bo‘lgan kunlarda ham pastga tushgan kishining salqin havodan eti junjikadi.

Foto: Zarnews


Foto: Zarnews

Arxeologik qazishmalar chog‘ida bu yerdagi qabrlardan biridan boshsiz jasad topilishi maqbara Mirzo Ulug‘bekning o‘g‘li Abdullatifga tegishli, degan taxminga borishga ham sabab bo‘lgan, ammo maqbaraning qurilgan yillari va tarixiy voqealar o‘rtasidagi nomutanosiblik bu taxminni yo‘qqa chiqargan.

Maqbaraning yerto‘la qismida bir necha qabrlar bo‘lib, ulardagi jasadlar yaxshi saqlanmagani bois ikkita ramziy qabrni tiklab qo‘yilgan. Maqbara devorlari va gumbaziga ishlatilgan naqshlarni ham tiklashning imkoni bo‘lmagan, bu naqshlar o‘ta noyob va nafis usulda ishlangan. Ziyoratchi va sayyohlar buni his qilishlari uchun maqbara devorining bir qismida asl naqshlardan namuna qoldirilgan va maqbarani mahalliy ustalar Samarqand me’morchilik an’analari asosida butunlay yangidan bezashgan.

Foto: Zarnews
Hozirda Oqsaroy maqbarasi va bu yerga dafn qilingan zotlar tarixini o‘rganish yuzasidan faol ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Samarqandda yana bir «Go‘ri Amir» borligini bilasizmi? (foto)