15:00 / 07.08.2019
3 616

Qo‘qonga 72 davlatdan hunarmandlar keladi

Qo‘qonga 72 davlatdan hunarmandlar keladi
Foto: «ferpravda.uz»
Qo‘qon shahrida 10-15 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Xalqaro hunarmandchilik festivaliga tayyorgarlik jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tayyorgarlik jarayonining borishi haqida Qo‘qon shahar hokimi M.Usmonov, festival matbuot markazi rahbari S.Shukurov va boshqalar ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, mazkur nufuzli tadbirga qizg‘in tayyorgarlik asnosida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida festivalning veb-sayti (https://handicrafters.uz) o‘zbek, rus, ingliz tillarida yaratildi.

Veb-saytga festival, milliy hunarmandchilik, hunarmandlar, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar haqidagi ma’lumotlar joylashtirilgan. Festivalda ishtirok etishni xohlagan xorijlik va mahalliy hunarmandlar ushbu sayt orqali onlayn tarzda ariza berishi va ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi orqali O‘zbekistonning chet eldagi elchixonalariga ma’lumot berilgan.

Joriy yilning 30 iyun kuni veb-sayt orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayoni yakunlandi. Veb-sayt orqali 74 davlatdan 480 kishi ro‘yxatdan o‘tdi. Saralash komissiyasi tomonidan 72 davlatdan hunarmandchilikning 29 yo‘nalishi bo‘yicha 205 xorijiy hunarmand saralab olindi. Shuningdek, faxriy mehmon sifatida taklif etilishi rejalashtirilgan 36 yuqori martabali xorijlik davlat arboblari, qo‘mita raislari, vazir o‘rinbosarlari va olimlar ro‘yxati shakllantirilgan. Barcha xorijiy mehmon va ishtirokchilarga rasmiy taklifnomalar jo‘natildi.

«Hunarmandchilik va xalq amaliy san’atini rivojlantirish istiqbollari» mavzuidagi ilmiy-amaliy konferensiyada 23 davlatdan 32 xorijiy va mahalliy olim ishtirok etishi belgilandi. Konferensiyaning ikki kunlik dasturi va konsepsiyasi ishlab chiqildi.

Festivalda ishtirok etish uchun 11 xorijiy ommaviy axborot vositasi vakili ro‘yxatdan o‘tdi.

Ishtirokchilar uchun yangidan qurilayotgan mehmonxonalarning 3 tasida qurilish ishlari yakunlandi, 5 tasida davom etmoqda, qo‘shimcha ravishda 30 uy-mehmonxonasi tashkil etish borasida tegishli ishlar olib borilmoqda.

Festivalda ishtirok etish uchun respublikamizning 153 tumanidan hunarmandchilikning 34 yo‘nalishi bo‘yicha 1116 hunarmand va 87 tashkilotchi ro‘yxati shakllantirildi. Mahalliy ishtirokchilar uchun Qo‘qon davlat pedagogika instituti va 3 kasb-hunar kolleji yotoqxonalarini tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Xorijiy ishtirokchilar uchun ovqatlanish joylari, mehmonxonalar tayyorlanmoqda.

Farg‘ona viloyati hokimligi va tegishli tashkilotlar mas’ullari ishtirokida Toshkent, Namangan, Farg‘ona viloyatlari aeroportlari va temir yo‘l vokzallarida doimiy navbatchilik tashkil qilingan. Viloyat hokimligi tomonidan mehmonlarni kutib olish, joylashtirish va kuzatish bo‘yicha ishchi guruhlar shakllantirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Qo‘qonga 72 davlatdan hunarmandlar keladi