13:27 / 08.08.2019
5 577

Dunyoning eng taniqli Instagram blogerlari O‘zbekistonga keladi (foto)

Dunyoning eng taniqli Instagram blogerlari O‘zbekistonga keladi (foto)
22—27 avgust kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan World Influencers Congress I Xalqaro inflyuyenserlar kongressiga 100 ga yaqin taniqli blogerning tashrifi kutilmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
Ularning orasida Instagram orqali turli mamlakatlarga sayohatlar haqida so‘zlovchi Wonderful places sahifasi asoschisi Syuzanna Brux ham bor.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
Ta’kidlash joizki, Instagram’dagi Wonderful places sahifasini bugunga kelib 13 millionga yaqin kishi kuzatib boradi. Syuzanna Brux o‘z sahifasiga 6729 post joylashtirgan. Ular orasida Gretsiya, Fransiya, Italiya, Singapur, Germaniya, Chexiya, AQSh, Avstriya, Yaponiya kabi mamlakatlarning diqqatga sazovor maskanlarini ko‘rishingiz mumkin. Shuningdek, I Xalqaro inflyuyenserlar kongressi doirasida O‘zbekistonga tashrif buyuruvchilar qatorida Senstylable (9,6 mlnga yaqin kuzatuvchisi mavjud) sahifasi asoschisi Reyta Xakaj ham bo‘lib, u shu kunga qadar 2 millionga yaqin post bilan bo‘lishgan. Sahifa moda olami va shopping «ixlosmandlari» uchun mo‘ljallangan.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
Bundan tashqari, Matte Liquid Lipstick brendi asoschisi, House of Rawan do‘konlar tarmog‘i bilan tanilgan Ravan bin Hussayn (3,6 mln atrofida kuzatuvchiga ega), San-Fransiskoda istiqomat qiluvchi byuti-bloger Sadaf (2 mln follover), ajoyib sayyoh-suratkash Altug Galip (1,3 mln follover) kabi folloverlari soni kundan kunga oshib borayotgan ko‘plab taniqli shaxslar ham O‘zbekistonga tashriflarini tasdiqlagan.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
«World Influencers Congress» I Xalqaro inflyuyenserlar kongressining asosiy maqsadi turizmni rivojlantirish va inflyuyenserlar global tarmog‘ini kengaytirishga doir g‘oyalar va ilg‘or usullar bilan o‘zaro almashish uchun platforma yaratishdan iboratdir.

Qayd etish lozimki, Xalqaro inflyuyenserlar kongressi butun dunyoning fikrlar yetakchilarini birlashtiradi va muntazam ravishda dunyoning turli nuqtalarida o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Dunyoning eng taniqli Instagram blogerlari O‘zbekistonga keladi (foto)