21:04 / 09.08.2019
4 962

Jahongir Otajonov: «Shunaqa strategiya qilishgan»

Jahongir Otajonov: «Shunaqa strategiya qilishgan»
Xonanda Jahongir Otajonov «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Suhbat davomida Jahongir Otajonov «Million» jamoasining Ozodbek Nazarbekov hamda o‘zi ishtirokidagi haziliga quyidagicha munosabat bildirdi.
Bu jamoaning chiqishlarini kuzatib boraman. Xalqimizning ma’lum bir qatlami kabi menga ham ularning ijodi yoqadi. Chunki haqiqatan kulishgacha olib boradigan darajada ijod qilishadi. Balki ularning bachkana tomoni ham bordir, mayli endi, barchamiz ham orginal emasmiz. Beayb parvardigor. Lekin ular meni inson sifatida bilishmaydi. Mening Ozodbek Nazarbekovga qiziqishim ham, hasadim ham yo‘q. U kishining ham menga nisbatan qalbi qanaqa uni Alloh biladi, barchamiz qalbimiz uchun o‘zimiz javob beramiz.

Inson sifatida 2011 yil ‘bugungi kunda hech bir san’atkor jonli ijroda konsert qo‘ya olmaydi’, degan o‘zimning professional darajadagi fikrimni bildirganman. Bu fikrni o‘z kasbimdan kelib chiqqan holda bildirganman. Haligacha ham mening musiqiy tushuncham bo‘yicha jonli ijroda konsert berisholmaydi. Buni, kerak bo‘lsa har bir nuqtasigacha isbotlab beraman. Mayli, hammaning omadini bersin, jonli ijroda konsert berishga harakat qilayotganlar chiqmoqda. Kunma kun jonli ijroda kuylaydiganlar ko‘paymoqda, bu yaxshi, chunki umuman jonli ijro qilinmasa shundayligicha turaveradi.

Ozodbek Nazarbekov ham hozirgi kunda Madaniyat vazirligidagi faoliyatidan so‘ng, menimcha, men haqimda o‘ylashga ham vaqti bo‘lmasa kerak.

‘Million’ jamoasi xalqimiz nimani yaxshi ko‘rishini bilishadi. Ular shuni bilib shunaqa strategiya qilishgan. Lekin u sahna ko‘rinishi men yoki Ozod akaning bir-birimizga bo‘lgan fikrlarimiz emas, endi ularni gaplarini bilmayman, ammo menda unaqa fikr yo‘q. Men boshqa yo‘nalishdagi xonanda, ular esa boshqa yo‘nalishda.

Jahongir Otajonov, xonanda

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jahongir Otajonov: «Shunaqa strategiya qilishgan»