23:24 / 10.08.2019
5 074

“Baron-2” filmining ilk treyleri taqdim etildi (video)

“Baron-2” filmining ilk treyleri taqdim etildi (video)
“Baron-2” filmining ilk treyleri tomoshabinlarga taqdim etildi. Bu haqda Kun.uz’ga film rejissyori Rustam Sa’diyev ma’lum qildi.

Rejissyorning aytishicha, o‘zbek kinosida birinchi marta filmdagi rollarning 85 foizini xorijlik aktyorlar ijro etgan. Filmda Rossiya. Qozog‘iston, Tojikiston, Suriya, Misr davlatlaridan hamda o‘zbekistonlik taniqli aktrisalar Dilnoza Kubayeva, Shahzoda Matchonova, Yulduz Rajabovalar ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, Rustam Sa’diyevning “Baron” filmida Hollivudning mashhur aktyori G‘asson Ma’sud, Rossiya xalq artisti Andrey Smolyakov, Viktor Verjbitskiy, Pavel Priluchniy va Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Farhod Mahmudov qatnashgan.

Filmning asosiy g‘oyasi bugungi kunda dunyodagi dolzarb muammolardan biri bo‘lgan narkotrafikka qarshi kurash haqida.
“Барон-2” фильмининг илк трейлери тақдим этилди

“Барон-2” фильмининг илк трейлери тақдим этилди ➥ Батафсил: https://kun.uz/40279942

Опубликовано Kun.uz Суббота, 10 августа 2019 г.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Baron-2” filmining ilk treyleri taqdim etildi (video)