21:57 / 15.08.2019
4 632

Yuriy Shatunov «Oq atirgullar» va «Oqsoch tun»ni boshqa kuylamaydi

Yuriy Shatunov «Oq atirgullar» va «Oqsoch tun»ni boshqa kuylamaydi
Foto: «Instagram»
«Laskovыy may» guruhining xonandasi, yaqinda og‘ir operatsiyalarni o‘tkazgan Yuriy Shatunov guruhni butunlay tark etdi va endi eski qo‘shiqlarni ijro etmaslika qaror qildi. Bu haqda jamoa rahbari va prodyuseri Andrey Razin xabar berdi.

«Bundan buyon Yuriy Shatunov guruh repertuaridagi qo‘shiqlarni boshqa kuylamaslikka ahd qildi. U faqat o‘zining qo‘shiqlarini kuylaydi. U «Laskovыy may»ni tark etdi», — deb yozdi Razin «Instagram»dagi rasmiy akkauntida.

Uning aytishicha, Shatunov ancha ommalashgan «Belыe rozы», «Sedaya noch», «Rozovыy vecher» singari ko‘plab qo‘shiqlarini boshqa kuylamaydi. Bu shuni anglatadiki, endi Shatunovning konsertiga chipta sotib olganlar u yozgan yangi qo‘shiqlarni tinglashadi.

Razinning aniqlik kiritishicha, xonanda «ulg‘ayganini va konsertlarda eski qo‘shiqlarini aytishni istamasligini» ma’lum qilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yuriy Shatunov «Oq atirgullar» va «Oqsoch tun»ni boshqa kuylamaydi