16:43 / 18.08.2019
3 048

Dunyoga mashhur di-jeylar Toshkentda (foto)

Dunyoga mashhur di-jeylar Toshkentda (foto)
Toshkent shahridagi “Ashxobod” sayilgohida “Dance Music Fest 2019” xalqaro festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan raqs va musiqa festivalining ochilish marosimida Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov nutq so‘zladi.

“Bugun barchamizni musiqa atrofida birlashtirib turgan bu kabi musiqa bayramlarini tez-tez o‘tkazib turishimiz kerak. Biz uch kun davomida ajoyib musiqalardan bahramand bo‘lamiz. Keling, hayotdan zavq olaylik!”, dedi Aziz Abduhakimov.

“Dance Music Fest 2019” festivali 3 yildan buyon o‘tkazib kelinadi va yildan yilga unga qiziqish bildirayotgan kishilar soni ortib bormoqda. Ishtirokchilar birinchi kun qizil (Red Party), ikkinchi kun oq (White Party) va uchinchi kun qora (Black Party) kiyinib borishlari kerak bo‘ladi.

16-18 avgust kunlari o‘tadigan tadbirda fransiyalik di-jey DJ Bens, Rompasso nomi bilan tanilgan rossiyalik di-jey va prodyuser Roman Krilov, fransiyalik di-jey qo‘shiqchi va bastakor Uilli Uilyam, niderlandiyalik di-jey Janob Uayt, rossiyalik prodyuser va di-jey Shapov, belgiyalik di-jeylar dueti Double Pleasure, niderlandiyalik di-jey va musiqiy prodyuser Quintino va belaruslik rep-ijrochisi CYGO ishtirok etadi.

Quyida festivaldan lavhalarni tomosha qilishingiz mumkin.


Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Dunyoga mashhur di-jeylar Toshkentda (foto)