14:50 / 25.08.2019
9 251

Ozodbek Nazarbekov Dilnoza Kubayeva bilan bog‘liq mish-mishlarga oydinlik kiritdi (video)

Ozodbek Nazarbekov Dilnoza Kubayeva bilan bog‘liq mish-mishlarga oydinlik kiritdi (video)
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi.
Suhbat davomida Ozodbek Nazarbekov aktrisa Dilnoza Kubayeva bilan bog‘liq mish-mishlarga oydinlik kiritdi.

Bu savol Dilnoza Kubayevaga ham berilgan ekan. To‘g‘risini aytsam, mana shu gapgacha biz Dilnoza Kubayeva bilan tanish ham bo‘lmaganmiz. Faqat salom-alik bo‘lgan, bir davrada o‘tirib suhbat ham qurmaganmiz, hatto. Shunchaki tanish bo‘lganmiz, bo‘ldi. Mana shu mish-mish avj olgan payt Namangandagi bir tadbirda ko‘rishib qoldik. Dilnoza Kubayeva boshlovchi edi, men xonanda sifatida borgandim. O‘sha yerda suhbatlashish imkoni bo‘ldi. Faqat bir-birimizga qarab kulamiz, hayron qoldik. Bu mish-mishning tarqalishiga asos topmadik. Yonma-yon tushgan suratimiz bo‘lmasa yoki kinoda birga rol ijro qilmagan bo‘lsak. Xullas, qanday qilib bu mish-mish tarqalib ketganiga javob topa olmadik. Dilnoza Kubayevaning qanday ayolligi, oilaviy turmushi haqida ma’lumotga ega bo‘ldim. Ungacha faqat Dilnoza Kubayeva aktrisa ekanligini bilardim, xolos. Boshqa hech narsa bilmasdim. Endi nima deymiz, el og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi. Bu fitna-fasodni yaxshi ko‘radigan insonlarning ig‘vosi, xolos.

Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ozodbek Nazarbekov Dilnoza Kubayeva bilan bog‘liq mish-mishlarga oydinlik kiritdi (video)