23:09 / 25.08.2019
4 482

Xivada XIX asrga oid tarixiy hujjatlar topildi (foto)

Xivada XIX asrga oid tarixiy hujjatlar topildi (foto)
23 avgust kuni Xiva shahridagi xon yasovulboshisi Shixnazarboyning hovlisini ta’mirlab turgan ustalar tomonidan XIX asr oxiri XX asr boshlariga oid tarixiy hujjatlar topildi.

Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabar berishicha, ustalar tomonidan qazish ishlari olib borilganida qopga solib, ko‘mib, yashirib qo‘yilgan hujjatlar topilgan.


Bu hujjatlarning 49tasi qozixat va 3tasi xon yorliqlari ekani aniqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining Xorazm viloyati bo‘yicha texnik nazoratchisi Xajiyev Yusufboy tomonidan bu hujjatlar Xiva Ichon-Qal’a muzey qo‘riqxonasi fondiga topshirildi. Hozirda noyob hujjatlarni muzey mutaxassislari tomonidan o‘rganish, ta’mirlash va saqlash bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xivada XIX asrga oid tarixiy hujjatlar topildi (foto)