22:50 / 26.08.2019
4 034

Prezident Samarqandda «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalini ochib berdi

Prezident Samarqandda «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalini ochib berdi
Samarqand shahrida «Sharq taronalari» XII xalqaro musiqiy festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi vava festival ishtirokchilarini tabrikladi.

«Bugungi anjumanimizda dunyoning barcha qit’alaridagi 75 davlatidan 340dan ortiq mehmonlar ishtirok etmoqda. Biz ushbu taniqli madaniyat arboblari, san’atning chinakam fidoyilarini tinchlik va ezgulik elchilari sifatida bilamiz», deydi davlat rahbari.

Davlat rahbari tabrigida mazkur konferensiyani o‘tkazishni qo‘llab-quvvatlab, unda ishtirok etgani uchun YuNESKO Bosh direktori Odri Azule xonimga minnatdorlik bildirdi. Madaniy merosni saqlash butunjahon xalqlarining sa’y-harakatini birlashtirish orqali amalga oshirilishi ta’kidlandi. Shuningdek, O‘zbekiston zaminida azaldan turli xalq, din, madaniyat vakillari yonma-yon yashab kelgani, Buyuk ipak yo‘lining mamlakatimiz hududidan o‘tgani madaniyatlararo muloqotning rivojlanishida muhim o‘rin tutgani alohida qayd etildi.

Festival 30 avgust kuniga qadar davom etadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Prezident Samarqandda «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalini ochib berdi