16:13 / 03.09.2019
4 505

30 mamlakat vakili ishtirokida kuylangan O‘zbekiston madhiyasi (video)

30 mamlakat vakili ishtirokida kuylangan O‘zbekiston madhiyasi (video)
YouTube’dagi videobloger Davron Alijonov boshchiligidagi Teazel Team jamoasi O‘zbekiston Mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan so‘nggi bir yillik sayohatlar davomida tayyorlangan videosovg‘ani taqdim etdi.

Videoda jahonning turli mamlakatlarida istiqomat qiluvchi turfa millatlarga mansub insonlar O‘zbekiston madhiyasi so‘zlarini aytayotganini ko‘rish mumkin. Vlogerlar ushbu videoparchalarni jamlab, O‘zbekiston madhiyasining dastlabki ikki bandini hosil qilgan.

41 ta so‘zdan iborat ikki bandni kuylashda Tailand, Buyuk Britaniya, Yamayka, Xitoy, Irlandiya, Turkiya, Marokash, Germaniya, Qozog‘iston, Misr, Portugaliya, Livan, Singapur, Hindiston, Shimoliy Koreya, Peru, Janubiy Koreya, Jazoir, Argentina, Braziliya, Malayziya, Yaponiya, Pokiston, Mavrikiy, Uganda, Chad, Seyshel orollari, Ispaniya, Keniya, Tunis mamlakatlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar qatnashgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » 30 mamlakat vakili ishtirokida kuylangan O‘zbekiston madhiyasi (video)