07:10 / 06.09.2019
7 536

Milliy gvardiyaning yoshlar orkestri Moskvadagi xalqaro musiqa festivalida ishtirok etdi (foto)

Milliy gvardiyaning yoshlar orkestri Moskvadagi xalqaro musiqa festivalida ishtirok etdi (foto)
Ko‘plab xalqaro tanlov va festivallar tashkil etiladigan Moskva shahrida turli millat va elat vakillarini jamlagan «Spasskaya bashnya» XII xalqaro harbiy musiqa festivali bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

Musiqiy festival doirasidagi yoshlar loyihasida bolalarga ham alohida e’tibor qaratilib, ularning ijod mahsullari keng namoyish etildi.

Xususan, xalqaro harbiy festivalning oltinchi marotaba o‘tkazilayotgan «Spasskaya bashnya detyam» maxsus loyihasining asosiy maqsadi aholining barcha qatlamlari orasida damli cholg‘u asboblari musiqasini ommalashtirish va uning boy tarixini keng targ‘ib qilishdan iboratdir.

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati
Bugungi kunga qadar «Spasskaya bashnya detyam» dasturida Rossiyaning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan orkestr va musiqiy jamoalar ishtirok etgan. Joriy yilda esa VI xalqaro festivalda rossiyalik 23 ta musiqiy jamoa bilan bir qatorda 3 ta xorijiy orkestr, jumladan, O‘zbekistondan tashrif buyurgan orkestr o‘z ijro mahoratlarini namoyish etadi.

«Alohida ta’kidlab o‘tish joizki, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining yoshlar damli cholg‘u orkestri Rossiya poytaxtining qoq markazidagi xalqaro sahnada mazkur festivalning badiiy rahbarlari Ye.Yu.Nikitin va V.A.Krilovalarning taklifiga binoan ilk marotaba ishtirok etdi.

Ushbu orkestrning repertuaridan turli janrdagi 100dan ortiq asarlar, shu jumladan, madhiyalar, marsh va fanfaralar, jaz kompozitsiyalari, xalq va hattoki mualliflik asarlari o‘rin olgan. Yoshlar orkestri bir qator xalqaro va respublika tanlovlarining laureati hisoblanadi.

Bolalar festivalining xalqaro sahnasida belgilangan dasturdan tashqari tomoshabinlarning ko‘plab iltimoslariga binonan bizning yosh orkestr bir necha marotaba o‘z mahoratlarini namoyish etib, minglab tomoshabinlarni hayratda qoldira oldi, desak adashmaymiz.
Musiqiy jamoamiz turli janrdagi kompozitsiyalarni mahorat ila ijro etishlari bilan mahalliy va xorijiy ishtirokchilarning ham olqishlariga sazovor bo‘ldi.

Ahamiyatli jihati shundaki, ushbu festivalda Milliy gvardiyaning yoshlar orkestri ilk marotaba qatnashayotgan bo‘lsa-da, festivalning tashkilotchi mutaxassislari tomonidan yoshlarimiz iste’dodiga yuksak baho berildi», — deyiladi xabarda.

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati
«Toshkentdan tashrif buyurgan yoshlar musiqiy jamoasi festivalimizning ishtirokchisi bo‘lganidan biz juda ham xursandmiz. Bunday iste’dodli yoshlarning ijro mahoratlaridan taassurotlarim o‘zgacha. Bizning bolalar festivali tarixida bugunga qadar hech kim 3 kun davomida 4 marotaba sahnaga chiqib, barcha tomoshabinlarning qalbini zabt eta olmagan. Orkestrning barcha musiqiy chiqishlari tomoshabinlarning ko‘plab iltimoslariga binoan ijro etildi», — deydi Rossiya Federatsiyasi prezidenti orkestri dirijyori, «Spasskaya bashnya detyam» xalqaro festivali badiiy rahbari, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist, polkovnik Ye.Yu.Nikitin.

Tadbirlar yakunida Yevgeniy Nikitin tomonidan mazkur festivalda ishtirok etgan har bir guruhga festival laureatlari diplomlari topshirildi.

Barcha chiqishlardan so‘ng o‘zbekistonlik yoshlar orkestri uchun Moskva shahrining diqqatga sazovor joylari, Kreml saroyi, Aleksandr bog‘i, Moskva markaziy hayvonot bog‘i, shahar bo‘ylab sayohat, shuningdek, Rossiya milliy gvardiya qo‘shinlarining Mixail Sholoxov nomidagi Moskva prezidenti kadet maktabining muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati
Sayohat davomida «Vorobyovi gori» maydonida yoshlar damli cholg‘u orkestri ijrochilari Moskva shahrining mahalliy va xorijiy mehmonlari uchun kichik musiqiy dastur ijro etib berdi.

«Yalla» guruhining qo‘shiqlaridan poppuri, mashhur «Katyusha» va «G‘alaba kuni» harbiy qo‘shiqlarini o‘z ichiga olgan ushbu dastur 1000 ga yaqin tomoshabinlarni hayratda qoldira oldi desak adashmaymiz, deyiladi xabarda.

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Milliy gvardiyaning yoshlar orkestri Moskvadagi xalqaro musiqa festivalida ishtirok etdi (foto)