16:55 / 07.09.2019
5 098

Islom Karimov haqida yozilgan roman taqdim etildi

Islom Karimov haqida yozilgan roman taqdim etildi
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida yozuvchi Luqmon Bo‘rixonning «Olov tutgan odam» romani taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Yangi roman Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat Fondi tomonidan nashr etildi.

Mazkur badiiy asarda Islom Karimov Qashqadaryo viloyat kompartiyasi birinchi kotibi vazifasida ishlagan kezlardan boshlab O‘zSSR kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi lavozimiga tayinlangunga qadar bo‘lgan davr qalamga olingan. Romanda o‘sha murakkab yillarda Qashqadaryoda kechgan – ham O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti uchun, ham butun mamlakat uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan voqealar badiiy talqin etilgan.

Islom Karimov 1986 yili iqtisodiy va ijtimoiy jabhada eng qoloq hududlardan biriga aylanib qolgan Qashqadaryoga yuboriladi. O‘sha kezlar mahalliy aholining viloyat rahbariyatiga ishonchi butkul so‘ngan edi. «Paxta ishi» deb atalgan uydirma doirasida butun boshli mehnatkash xalqqa «o‘g‘ri», «poraxo‘r» kabi tuhmatlar yog‘dirilishi vaziyatni yanada murakkablashtirgan edi.

Islom Karimov oldida mushkul vazifa turar edi: u odamlardagi tushkun kayfiyatga barham berishi, xalqning ishonchini qozonib, ularda yorug‘ kunlarga umid uyg‘otishi lozim edi...

«Olov tutgan odam» romanida shu kabi voqealar batafsil tasvirlangan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Islom Karimov haqida yozilgan roman taqdim etildi