22:00 / 17.09.2019
5 330

Xayrulla Hamidov she’ri: Badniyatlar

Xayrulla Hamidov she’ri: Badniyatlar
Yovuz niyatlar ko‘pdir:
“Farzanding jallod bo‘lsin!”
Yoki “qo‘sha-qarima!”
“Uying tomi yiqilsin...”

“Koringdan topma fayz!”
“Tilanib yasha doim!”
“Do‘stingga aylansin qarz!”
“Qo‘llamasin xudoyim!”

“O‘tgin bir tirnoqqa zor!”
“Yolchimagin xotinga!”
Yana qanday niyat bor,
Kelmayapti yodimga.

Darvoqe, eng dahshati
Qolib ketibdi shu payt:
“Sevganingni to‘yida
Mikrafonda tilak ayt!”
Xayrulla Hamidov

Manba: Azon.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xayrulla Hamidov she’ri: Badniyatlar